Главная » 18 oktabr kuni O'zbekistonning qator hududlarida qor yog'ishi kutilmoqda
(

18 oktabr, seshanba o'tar kechasi va seshanba kuni kunduzi O'zbekistonning qator hududlarida, xususan, Toshkent shahrida qor yog'ishi mumkin. Bu haqda «O'zgidromet» markazi xabar bergan.
Toshkent shahri

Havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti yomg'ir yog'adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol g'arbdan soniyasiga 5—10 metr tezlikda esadi, 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8…+10 daraja iliq, kunduzi +10…+12 daraja iliq bo'ladi, kechga tomon +4…+6 daraja iliqgacha pasayadi.
Qoraqalpog'iston Respubliksi va Xorazm viloyati

Havo o'zgarib turadi, kechasi yomg'ir yog'adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1…+6 daraja iliq, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o'zgarib turadi, yomg'ir yog'adi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g'arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3…+8 daraja iliq, kunduzi +7…+12 daraja iliq bo'ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari

Havo o'zgarib turadi, yomg'ir yog'adi, ba`zi joylarda kuchli bo'lishi mumkin, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g'arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 daraja iliq, kunduzi +8…+13 daraja iliq bo'ladi.
Surxondaryo viloyati

Havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol g'arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11…+16 daraja iliq, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo'ladi.
Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari

Havo o'zgarib turadi, yomg'ir yog'adi, ba`zi joylarda kuchli bo'lishi mumkin. Shamol g'arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 iliq, kunduzi +13…+18 daraja iliq bo'ladi.
O'zbekistonning tog'li hududlari

Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'ladi, ba`zi joylarda kuchli bo'lishi mumkin. Shamol g'arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo'ladi.
Просмотров (57)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar