Главная » 2016 yil yoz fasli Hollivud uchun eng muvaffaqiyatsizlaridan biri bo'ldi
(Hollivud fil'mlarning dunyo bo'yicha kassa yig'imlari 2016 yil yoz fasli Hollivud uchun uzoq vaqtdan beri eng muvaffaqiyatsizlaridan biri ekanligini ko'rsatdi, deb yozmoqda



The Wall Street Journal.Ayni vaqtda tahminan o'tgan yildagidek miqdorda hit fil'mlar chiqqan, biroq shu bilan birga undan ham ko'proq muvaffaqiyatsiz va "o'rtamiyona" fil'mlar bo'lgan. Misol uchun, "Oppoqoy va ovchi-2", "Nindzya toshbaqalar-2", "Mustaqillik kuni: tiklanish", "Tarzan. Afsona" va "Arvoh ovchilari" fil'mlari kinostudiyalarning ishonchini oqlay olmagan. Nashrning yozishicha, ko'plab fil'mlarning yaratilishi uchun 100 mln dollardan ko'proq, ba`zilariga esa deyarli 200 mln dollar sarflangan. 2016 yilda 15 ta "yirik byudjYetli muvaffaqiyatsiz fil'mlar" bo'lgan, 2015 yilda esa bunday fil'mlar 8 ta bo'lgandi. Shunga qaramay, ComScore ma`lumotlariga ko'ra, AQSh va jahonning 10 ta Yetakchi bozorida fil'mlardan olinadigan kassa yig'imlari 1 foizga oshib, 18 mlrd dollardan ko'proqni tashkil qilgan.
Просмотров (115)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar