Главная » 2016-yilda 7 mingdan ortiq muhojir halok bo‘lgani ma’lum qilindi
(

2016-yilda 7 mingdan ortiq muhojir halok bo‘ldi va bu o‘rganishlar olib borilgan barcha yillardagi rekord ko‘rsatkich. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Tashkilotga ko‘ra, 2016-yili migratsiya davomida 7189 kishi o‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Ulardan 4812 nafari O‘rtayer dengizida halok bo‘lgan va yo‘qolgan.

Tadqiqotchilar yil oxirigacha qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno etmadi.

Yevropa mamlakatlariga bu yil O‘rtayer dengizi orqali 357 249 kishi kelgani qayd etildi. Qabul qilingan muhojirlar soni bo‘yicha (170 mingdan ortiq) Gretsiya yetakchilik qilmoqda.
Просмотров (64)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar