Главная » 2017 yilda qanday mato, libos va pardoz urf bo‘ladi?
(

Nihoyasiga yetayotgan maymun yili o‘z o‘rnini olovrang tovuq yiliga bo‘shatmoqda. 2017 yilda yorqin ranglarning urf bo‘lishi aytilmoqda. Liboslar, poyabzal, sumka va boshqa aksesuarlar borasida ham bu yilgi moda avvalgi yildagidan farq qiladi.

Jahon moda olamining yetakchi mutaxassislari qizil, yoqutrang, alvon, qirmizi, qizg‘ish, tillarang, to‘q qizil, qora, jigarrang, yorqin yashil va sariq rangdagi liboslar urf bo‘lishini aytishmoqda.

Mato
Yangi yilda bahmal hamda velyur matolaridan tikilgan liboslar urfga kiradi. 2017 yilda mashhur dizaynerlarning kolleksiyalarida aynan ushbu matolardan tikilgan ko‘ylaklar, oqshom ko‘ylaklari o‘rin oladi. Bu matolarga birozgina bezak berishning o‘zi kifoya. Ko‘ylak ayol go‘zalligi va jozibasini bir necha marta oshiradi.

Libos
Ushbu yilda tanaga biroz yaqin turuvchi liboslar urfga kirishi kutilmoqda. O‘tgan 2016 yildagi keng bichimdagi kiyimlar hali ham urfda, ammo ular asta-sekin o‘z o‘rnini tor liboslarga bo‘shatadi. Shu bilan birga, turli to‘rlar ishtirokida tikilgan ko‘ylaklarga talab oshadi.

Pardoz
2017 yilda ayollarga tabiiy ko‘rinish beruvchi pardoz qilish tavsiya etilmoqda. Soch turmagiga kelsak, tekis hamda jingalaksifat turmak urf bo‘ladi.

Sumka
Libosni to‘ldirib turuvchi ushbu muhim detal kiyimning rangiga mos tarzda yoki oyoq kiyimi bilan bir xil rangda tanlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 2017 yilda charm, zamsh sumkalar yanada urfga kiradi. Agar ular qizil, sariq, olovrang, jigarrang tusda bo‘lsa, yana ham yaxshi.

Aksesuarlar
Libos, sumka va oyoq kiyimiga mos ravishda foydalaniladigan aksesuarlar ham temir taqimlardan bo‘lishi kutiladi. Shuningdek, turli rangdagi patlar qo‘shib ishlangan ziraklar, bo‘yinga taqiladigan zanjirlar ham urfga chiqadi.

Oyoq kiyimi
Tovuq yilida uchi uchli tuflilar, kedalar, krossovkalar, umuman kiyib yurish qulay bo‘lgan oyoq kiyimlar urf bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga turli hajm va shakldagi temir taqimlar taqilgan oyoq kiyimlar ham ayni muddao.

Erkaklar uchun
2017 yilda erkaklar ham jigarrang, sariq, qaymoq rangdagi ko‘ylak, pidjak va paltolarni kiyishlari mumkin. Zamsh, charmdan tayyorlangan tufli va etiklar ko‘proq kiyiladi.
Просмотров (461)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar