Главная » 25 mln so‘mlik mol-mulkni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi
(
Yashnobod tumani IIBning tungi xizmatdagi xodimlari 25 million so‘mga baholangan mol-mulkni o‘g‘irlashga uringan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti ma’lum qildi.7-iyun kuni taxminan soat 5:00 da Obid Kamilovich Kazakov o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Yashnobod tumani hududida joylashgan xususiy korxona binosiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan fuqaro Baxtiyor Umarovga tegishli bo‘lgan bahosi 25714000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab,, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Yashnobod tumani IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda uy-joyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Просмотров (692)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar