Главная » 27 dekabr kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir qorga aylanadi
(

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 dekabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-5 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metrga tezlikda esayotgan shamol, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Просмотров (64)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar