Главная » 28 iyul kuni O'zbekistonda havo harorati 33 darajagacha pasayadi
(Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar byerishicha, 28 iyul kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi ehtimoli bor. Kechasi 23-25, kunduzi 32-34 daraja issiq bo'ladi.



Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 20-25, kunduzi 28-33 daraja issiq bo'ladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo'ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi ehtimoli bor. Kechasi 20-25, kunduzi 32-37 daraja issiq bo'ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 23-28, kunduzi 35-40 daraja issiq bo'ladi. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi ehtimoli bor. Kechasi 22-27, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi. Respublikamizning tog'li hududlari. Havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi ehtimoli bor. Kechasi 17-22, kunduzi 22-27 daraja issiq bo'ladi.
Просмотров (94)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar