Главная » 500 kilo vaznga ega misrlik qizning ozishiga Hindiston hukumati yordam beradigan bo`ldi
(

500 kilo vaznga ega misrlik 36 yoshli Eman Ab El Atini operasiya qilish uchun chet elga chiqishida Hindiston hukumatining yordami kerak bo`ldi, deb xabar beradi "Vesti".

Hindiston ichki ishlar vaziri 20 yildan beri joyidan qo`zg`almagan ayolning viza olishiga yorda berdi.

Eman Axmed 11 yoshga to`lganida uning vazni 500 kilogramga etdi.

Misrlik fuqaroda ayrim bezlarning disfunksiyasi qayd etilgan. Ushbu kasallik tufayli uning organizmida ko`p miqdorda suyuqlik to`planadi. Bundan tashqari, ayol fil kasalligidan aziyat chekadi.

Eman Axmed Aleksandriyadagi uyidan hech qaerga chiqmaydi, u deyarli harakatlana olmaydi. Ayolning singlisi ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi insonlarni operasiya qiladigan hind shifokori Muffazal Lakdavala bilan bog`landi.

Jarrohning aytishicha, u Axmedning oilasiga yo`l va transport xarajatlarini to`lashga ham yordam bergan.

Bundan tashqari, Lakdavala ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakat ichki ishlar vaziriga murojaat qilib, Axmedga viza olishda yordam berishini so`ragan.

Ayni paytda misrlik fuqaro Hindistonga uchib ketishga tayyorgarlik ko`rmoqda.
Просмотров (485)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar