Главная » Achilbay Ramatov O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Rustam Azimov esa bosh vazir o‘rinbosari etib tasdiqlandi
(

O‘zbekiston Hukumat portalida bosh vazir Abdulla Aripov boshliq Vazirlar Mahkamasining yangi shaxsiy tarkibidagi bir qator tayinlanishlar e’lon qilindi.
Shu kungacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga rahbarlik qilib kelgan Achilbay Ramatov O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va kurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi hukumatda bosh vazir birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan Rustam Azimov Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibida bosh vazir o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksiga rahbarlik qiladi.

Shu kungacha Samarqand viloyatiga hokimlik qilgan Zoyir Mirzayev O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari etib tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasining avvalgi shaxsiy tarkibida ham bosh vazir o‘rinbosari, Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksiga rahbarlik qilgan G‘ulomjon Ibragimovning o‘rni va u rahbarlik qiladigan kompleks o‘zgarishsiz qolgan.

Avvalgi hukumatda ham bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov mas’ul bo‘lgan kompleks nomi o‘zgargan: u bosh vazir o‘rinbosari, “O‘zavtosanot” aksiyadordik kompaniyasi boshqaruvi raisi — Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari etib tayinlangan.

Adxam Ikramov bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri — Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari etib tayinlangan.

Shu kungacha O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga raislik qilib kelgan Tanzila Narbayeva esa bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.

Hukumat portalida qoldirilgan izohga ko‘ra, Vazirlar Makamasining shaxsiy tarkibiga kiruvchi vazirliklar va davlat qo‘mitalari rahbarlari bo‘yicha ma’lumotlar yangilanmoqda.
Просмотров (519)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar