Главная » Afsonaviy aktrisa Monika Belluchchi Rossiyaga tashrif buyurdi
(

Italiyalik aktrisa Rossiyada yangi film taqdimotini o`tkazadi.

Kinoaktrisa va fotomodel Monika Belluchchi Rossiya poytaxti Moskva shahriga tashrif buyurdi, deb yozadi Filmpro.

Aktrisa Rossiyaga rejissyor Emir Kusturisa bilan birga kelgan. Ular birgalikda “Somon yo`li” filmining taqdimot marosimini o`tkazadi. Mazkur kartina Bosniya urushi vaqtida ro`y bergan sevgi tarixi haqida hikoya qiladi. Filmning bosh qahramoni oddiy serbiyalik erkak bo`lib, uning hayoti turli uch bosqichdan iborat: Dastlab u yolg`iz edi, keyinroq o`z juftini uchratadi, ularning o`rtasida sevgi paydo bo`ladi. Ularning munosabatlariga urush soya solib turardi. Oxir oqibatda esa film bosh qahramoni hayotining mazmunidan ayriladi.

Monika Belluchchining aytishicha, Emir Kusturisaning filmida aks etgan voqealar unga yoqqan va shuning uchun ham u filmda rol ijro etishga rozilik bildirgan. Rossiyada “Somon yo`li” filmi 2017 yilning 12 yanvaridan boshlab namoyish etila boshlaydi.
Просмотров (365)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar