Главная » Aktrisa Sitora Farmonova Facebook’dagi qalbaki Sitora Farmonovaning ustidan shikoyat qildi
(

Aktrisa Sitora Farmonova Facebook’da uning nomidan ochilgan va 12 mingdan ortiq obunachini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan soxta sahifa ustidan shikoyat qildi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan.
Aziz do‘stlar! Facebook’da mening ism-familiyamdan foydalangan holda qalbaki Sitora o‘tiribdi. U mening nomimdan turli saytlarga bo‘lmag‘ur intervyular berib, odamlar bilan har xil tusda muloqotga kirishmoqda”, — deb yozadi aktrisa.

“Mening sahifam nomi ham xuddi shunday, biroq meniki ko‘p yillardan beri mavjud, bu qalbaki sahifaning ochilganiga esa ikki yil bo‘ldi. Azizlar, shu sahifa ustidan Facebook’ga shikoyat qilib, uning tarmoqdan o‘chirib tashlanishiga yordam bering”, — deya murojaat qilgan Sitora Farmonova.
Просмотров (87)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar