Главная » Aktrisa va model Aziza Halilova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqidagi xabarlarni rad etdi
(

Ko‘p yillar Malayziyada model sifatida faoliyat yuritgan o‘zbekistonlik Aziza Halilovaning turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi.

Aktrisa va model Aziza Halilova shu bugungacha o‘z tasdig‘ini topmagan bunday gaplarni rad etuvchi suratni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirdi, deb yozadi “Qalampir.uz”.
Turmush o‘rtog‘i va qizi bilan suratga tushgan Aziza shunday yozadi:

“Bizning baxtimiz, bizning shirinimiz, hayotimizning jajji ma’nosi! Bugun qizchamizning tug‘ilgan kuni. Bugun biz olti oylik bo‘ldik. Shu munosabat bilan bobo va buvilarimizni tabriklaymiz. Chunki otasi va menga kabi ular uchun ham bu alohida bayram. Qizalog‘im, ota-ona sifatida bizni tanlaganing uchun rahmat!”, — deb yozadi Aziza Halilova.

Model oilasi bilan bog‘liq gap-so‘zlar xususida muxlislari yozib qoldirgan savollarga javob bermagan. “Biroq suratdan ko‘rinib turibdiki, ajrim haqida tarqalgan gaplar quruq mish-mish”, — deb ta’kidlaydi nashr.
Просмотров (422)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar