Главная » Aktrisa va xonanda Madina Mumtozning mashinasini o‘g‘ri urdi
(Noma’lum shaxslar “Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda va aktrisa Madina Mumtozning mashinasi oynasini sindirib, ichidagi buyumlarini o‘g‘irlashga urindi. Bu haqda Madina Mumtoz Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirgan.



Mana bizning xayrli kun. Yaratgan o‘g‘rilarni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin. Kelgan balo shunga ursin. Mashinalarni ko‘chada qoldirmang. Kunimiz xayrli, barokatli va yaxshi kayfiyatgan boy bo‘lsin”, — deb, Madina Mumtoz avtomobilning siniq oynasi suratini e’lon qilgan.
Qalampir.uz”ning yozishicha, Madina Mumtoz Chevrolet Captiva rusumidagi avtomobilini uyi yaqinida qarovsiz qoldirgan. Tunda o‘g‘rilar mashinaning oynasini sindirib, uning ichidagi buyumlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan.

“Yaxshiyamki mashinada pul va qimmatbaho buyumlarni qoldirmagan edik. O‘g‘irlik yuzasidan huquq-tartibot organlariga xabar berdik, ayni damda mashinamni ta’mirlatyapman”, — dedi xonanda.
Просмотров (146)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar