Главная » Aktrisa Zarina Nizomiddinova Malibu’sini qaysi pulga sotib olganini tushuntirib berdi
(

Aktrisa Zarina Nizomiddinova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida kino va reklama sohasidagi gonorarlari haqidagi savollarga javob berib o‘tdi.
Malibu avtomobilini qaysi pulga oldingiz? Har holda kinodan tushadigan gonorarlar unchalik katta emas, to‘g‘rimi?
— Mening gonorarim qancha ekanligini bilmaysiz-ku. Gonorarim — shaxsiy masala va uni hammaga aytishim shart emas. Keyin, atrofga nazar tashlasak, deyarli barcha aktrisalarning mashinasi bor…

— Lekin ularda asosan Lacetti, Nexia va shunga o‘xshash mashinalar…
— Nega endi? Yaxshi mashinalar ham bor. Balki ularning o‘zi yaxshi mashina sotib olishni istamas, balki boshqa narsaga pul to‘playotgandir. Men o‘zimga qulay bo‘lsin, deb shu mashinani sotib oldim.

— Demak, reklamalardan tushgan pulga sotib olgansiz?
— Ishlayman, o‘zimizga to‘qmiz, Xudoga shukrki, yonimda akam bor.

— Reklamalardagi chiqishlaringiz uchun sizga qancha to‘lashadi, gonorar miqdori kattami?
— Gonorarim miqdorini hech qachon ommaga ma’lum qilmayman. Ko‘ryapsiz-ku, Malibu olibmanmi, demak, gonorarim katta ekan.
Просмотров (486)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar