Главная » Aktyor Farrux Soipov san’atni tark etdi
(

“Kelgindi kelin”, “Kelgindi kuyov”, “Sotqin” kabi filmlardagi ijrosi bilan tanilgan aktyor Farrux Soipov nafaqat kinoni, balki umuman san’at olamini tark etgan. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, rejissor Rustam Sa’diyev tomonidan suratga olingan “Sotqin” (2015-yil) filmi — Farrux Soipov ishtirok etgan so‘nggi film bo‘lgan.

Bir o‘g‘il va bir qizning otasi hisoblangan Farrux Soipov hozirda tijorat bilan shug‘ullanmoqda. U aynan qaysi sohada tijorat bilan bandligiga aniqlik kiritilmagan.

“Sayyod.com” sayti muallifi Farrux Soipovning san’atdan ketishi sabablarini “san’atda ko‘paygan nopokliklar va nohaqliklar” bilan bog‘lagan.

“Farruxning dunyoqarashi so‘nggi yillarda ancha teranlashib, u ko‘p narsani o‘ziga ep ko‘rmaydigan bo‘la boshlagan edi. Shuning uchun ham uning bu qarori to‘g‘ri”, — deb yozgan “Sayyod.com” muallifi.
Просмотров (727)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar