Главная » Aktyor Otabek Mahkamov Garri Potter rolini ijro etgan Deniel Redkliffga atlas sovg‘a qildi (foto)
(O‘zbekistonlik aktyor va huquqshunos Otabek Mahkamov AQShga safari chog‘ida britaniyalik mashhur aktyor, “Garri Potter” haqidagi filmlarda bosh rolni ijro etgan Deniel Redkliff bilan uchrashdi. Bu haqda Otabek Mahkamov o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.



Deniel Redkliff bilan uchrashuvimiz chog‘ida men unga va onasiga atlas sharf sovg‘a qildim. Sharf unga o‘zbekistonlik muxlislari, do‘stlari va hamkasblari haqida eslatib turadi”,— deb yozdi aktyor.

Aktyorning ma’lum qilishicha, uning Gollivud aktrisalari borasidagi fikri Denielniki bilan mos kelmagan. Ya’ni, Deniel aktrisalar Skarlett Yoxansson va Natali Portman ijodini yoqtirishini ma’lum qilgan. Otabek Mahkamov esa Jeyn Fonda, Meril Strip va Xelen Mirren kabi aktrisalar ijrosini ma’qul ko‘radi.
Просмотров (169)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar