Главная » Al Bano yurak xuruji tufayli shoshilinch operatsiyani boshidan o‘tkazdi
(

Italiyalik xonanda Al Bano yurak xuruji tufayli shoshilinch operatsiyani boshidan o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qo‘shiqchi Rimda o‘tkaziladigan Rojdestvo konserti repetitsiyasi chog‘ida o‘zini noxush his etdi. Natijada Italiya poytaxtidagi kasalxonalardan birida 73 yoshli Al Banoga stentlar qo‘yildi. U endi o‘zini yaxshi his etayotgani, yaqin orada kasalxonadan chiqishga umid qilayotgani va hozircha konsertlarini bekor qilmagani bildirilmoqda.

Kelgusi yil boshida Al Bano sobiq turmush o‘rtog‘i va sahnadagi sherigi Romina Pauer bilan Germaniyada konsert berishi lozim. U Romina bilan salkam 20 yillik tanaffusdan so‘ng ikki yil avval Moskvadagi konsertda birga ishtirok etgandi.
Просмотров (98)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar