Главная » Aldagani quda yaxshi” — premyerasi bir yilga kechikkan film
(
Alisher Navoiy nomli kinosaroyda qariyb ikki oydan buyon birorta filmning premyerasi bo‘lgani yo‘q — aksariyat rejissorlar yoz oylarida filmlar taqdimotini o‘tkazmaydi.1-avgust kuni rejissor Naufal Sulaymonov tomonidan suratga olingan “Aldagani quda yaxshi” oilaviy komediyasi premyerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Taqdimot arafasida jurnalist Feruz Muhammad film rejissori bilan suhbat uyushtirdi.


— “Aldagani quda yaxshi” oilaviy kinokomediyasining g‘oyasi, qisqacha mazmuni haqida so‘zlab bersangiz.
— Filmda hozirgi yoshlarimizning oilaviy hayotga nisbatan mas’uliyatsizligi, yolg‘onchilik oqibatida kelib chiqadigan muammolarni kulgu yo‘li bilan ko‘rsatishga harakat qilganmiz. Unda Muhammadiso Abdulxairov, Sevara Soliyeva, Zuhra Soliyeva, Asqar Hikmatov, Umid Shodmonov, Gulchehra Nosirova singari aktyor-aktirisalar bosh rollarni ijro etgan.— Aksariyat rejissorlarimiz ba’zi bir aktyorlarni tomoshabinlarga yoqadi deya bir-biriga o‘xshash rollarda juda ko‘p o‘ynatishmoqda. Misol uchun, siz sanagan aktyorlar jamoasidan o‘rin olgan Muhammadiso Abdulxayirov 2016-yilning birinchi yarim yilligida taqdimoti bo‘lib o‘tgan filmlarning yettitasida rol ijro etgan. Muhammadiso Abdulxairovni tomoshabinlar yaxshi ko‘rgani uchun tanladingizmi yoki haqiqatdan film ssenariysida aynan uning ijrosiga ehtiyoj bormidi?
— Albatta, uni filmda ijrosiga ehtiyoj katta bo‘lgani uchun tanlaganmiz. Tanlash jarayonida deyarli barcha aktyorlarni biriktirilgan rolni tomoshabinga zarur darajada yetkaza olishiga qarab tanlaymiz. Bundan tashqari, siz sanab o‘tgan omillar ham hisobga olinadi. Menimcha, har bir rejissor filmi tomoshabinga ma’qul kelishini xohlaydi.— Film premyerasi nima sababdan bir yilga kechikdi?

— Film “O‘zbekkino” qoshidagi Badiiy kengashda juda uzoq turmadi — boshqa kinokartinalar premyerasiga qancha vaqtda ruxsat berilsa, bizga ham shuncha vaqtda ruxsat tekkan edi. Kechikishga esa o‘zimiz, ijodiy jamoamizning shoshmasdan harakat qilgani sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Просмотров (181)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar