Главная » Alisher Usmonov uning videomurojaatlari haqida roliklar tayyorlaganlarni mukofotlashni va’da qildi
( Rossiyalik tijoratchi, milliarder Alisher Usmonov “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali “erkin muloqot va ijod” tanlovini e’lon qildi. Buning uchun ijtimoiy tarmoqda maxsus sahifa ochildi. “Kommersant.ru”da aytilishicha, tanlovning asosiy mavzusi biznesmenning muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyga videomurojaati va bu bilan bog‘liq voqealar bo‘ladi.Videomurojaatlarim bu qadar katta e’tiborga sazovor bo‘lganidan ta’sirlandim. Internetda erkin muloqot va ijodning rivojlanishiga samimiy qiziqmoqdaman. Ishonchim komilki, bu ijod o‘tkir va tanqidiy bo‘lsa ham, yolg‘onga aylanib ketmasligi lozim. Bunga o‘ylovchi insonlarning katta qismi qo‘shilsa kerak. Hazil va hajvni juda qadrlayman va o‘z videolarim bilan karikaturalar, parodiyalar, videoroliklar va memlar keltirib chiqarganimdan xursandman”, — deb yozdi Usmonov.

Usmonov eng muvaffaqiyatli chiqqan roliklarning mualliflariga har hafta iPhone 7Plus smartfonini hamda mem va dastxat aks etgan futbolkani taqdim etib borishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, siyosatchi Aleksey Navalniy Usmonovni nohalol yo‘llar bilan boyishda ayblab chiqqanidan so‘ng milliarder ikkita murojaatda unga qarshi o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan edi. Uning videomurojaatlari internetda mashhur bo‘lib, ko‘plab memlar va parodiyalarni keltirib chiqardi.
Просмотров (633)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar