Главная » Alisher Uzoqov: Kino borasida O‘zbekistonda hamma narsa haqiqatan ham zo‘r ekan!
(

O‘zbekistonlik bir guruh rejissorlar — Sarvar Komilov, Umid Hamdamov va Alisher Uzoqov Moskvada tashkil etilgan Milliy kino forumida ishtirok etib qaytdi. “Sayyod.com”ning yozishicha, yosh kinoijodkorlar mazkur anjuman doirasida tajriba almashgan, malaka oshirgan.
Yosh rejissorlar forum doirasida tashkil etilgan ma’ruzalar, seminarlar va mahorat mashg‘ulotlarida qatnashgan. Mashg‘ulotlar Rossiya davlat kinematografiya instutiti o‘qituvchilari, mualliflik filmlari bilan xalqaro kinofestivallarda qatnashgan rejissorlar tomonidan o‘tkazilgan.

Ko‘proq aktyor sifatida tanilgan, ayni vaqtda, rejissor sifatida “Mening akam bo‘ydoq”, “Kuzda gullagan daraxt” kabi filmlarni suratga olgan Alisher Uzoqov safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“MDH mamlakatlaridan kelgan yoshlar bilan fikr almashib, bir narsaga amin bo‘ldim — O‘zbekistonda haqiqatan ham hamma narsa zo‘r ekan. Estoniya, Moldova, Latviya, Litva, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondagi kino ahvolini eshitsangiz, o‘zbek kinosiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va undagi imkoniyatlar ancha yaxshi ekaniga amin bo‘lasiz”, — deydi Alisher Uzoqov.

“Ularning ko‘pchiligi bizga rosa havas qilmoqda. Agar o‘zimizdagi imkoniyatlardan foydalana olsak, kamida Rossiya darajasiga chiqib olishimiz mumkin, chunki bu yerda ham kino sohasida ahvol hozir havas qilgulik emas”, — deb qo‘shimcha qildi aktyor va rejissor Alisher Uzoqov.
Просмотров (142)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar