Главная » Andijondan Moskvaga tez yurar poezd yo`lga qo`yiladi
(

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ Andijon va Moskva o`rtasida Toshkent orqali qatnovchi yangi tez yurar poezd harakati yo`lga qo`yilishini ma`lum qildi.

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” OAJ matbuot xizmatining xabar berishicha, poezd 2016 yil 16 dekabrdan boshlab xarakatlanishni boshlaydi.

Ushbu yo`nalishda reyslar haftada bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.

Poezd 3 kunda manzilga etib boradi. Qatnov vaqti 74 soatni tashkil qiladi.
Просмотров (311)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar