Главная » Andijonlik Matiz haydovchisining murojaati: “Damas haydovchisi! Unutma, seni uyda oilang kutadi!”
(

Matiz haydab, Andijon shahrida taksichilik qiluvchi haydovchining Damas haydovchilariga qaratilgan murojaati surati o‘zbekistonlik avtohavaskorlarning Facebook’dagi guruhlarida faol muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi.

Andijon shahrida olingan va Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e’lon qilingan qisqa murojaatda shunday deyiladi: “Damas’chi! Unutma, seni uyda oilang kutadi!”.Bir guruh foydalanuvchilar nafaqat Damas haydovchilarini, balki yo‘lda yurgan boshqa haydovchilarni ham uyda oilasi kutayotganini yozgan. “Nima, bu Matiz haydovchisini uyda hech kim kutmayaptimi?”, — deb savol tashlagan guruh a’zolaridan biri.

Ayni vaqtda, guruhning andijonlik a’zolari shaharda Damas’lar soni Matiz’dan ko‘proq ekani va Damas haydovchilari yo‘llarda ancha xavfli va tartibsiz harakat qilishi haqida yozib, tushuntirish bergan.

“Eng betartib haydovchilar — bu Damas haydovchilaridir!”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. “Odam emas, xuddi o‘tin olib ketayotgandek haydaydi bu Damas’chilar!”, — deb arz qilgan boshqa bir foydalanuvchi.
Просмотров (442)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar