Главная » Anjelina Joli Bred Pittni “farzandlari uchun xavfli” deb biladi
(

Gollivud aktyorlari Bred Pitt va Anjelina Jolining nikohi bekor qilinishi bilan bog`liq xabar butun dunyodagi kinoixlosmandlarini ta`sirlantirdi. Anjelina turmush o`rtog`i bilan ajrashayotganini Bred farzandlari uchun xavfli ekanligi bilan izohladi, deb yozadi “Vesti”.

Bred Pittga yaqin manbalar esa Anjelinaning so`zlari qasddan to`qib chiqarilgan yolg`on ekanligini aytmoqda. “Bred hech qachon farzandlarini xavf ostiga qo`ymaydigan va ularni jonidan ortiq ko`ruvchi namunali ota”,—deydi Bredning do`stlari.

Avvalroq, Joli o`zining olti nafar farzandlarining xavfsizligini o`ylab, ajrashishga ariza bergani ma`lum qilingan edi. Aktrisa Pitt bilan murosa qilib bo`lmasligini rasman ajrashish sababi qilib ko`rsatmoqda va suddan farzandlarini yolg`iz o`zi voyaga etkazish huquqini talab qilmoqda. U farzandlarining otasi bilan onda-sonda uchrashib turishlariga qarshilik bildirmaydi, biroq ularning tarbiyasi bilan yolg`iz o`zi shug`ullanishni istaydi.

Anjelina Joli va Bred Pitt 10 yil birgalikda hayot kechirdi. Biroq 2014 yilning 23 avgustidan boshlab, rasman nikohdan o`tgan edi. 52 yoshli Bred va 41 yoshli Jolining 6 nafar farzandi bor. Ulardan 3 nafari asrab olingan bolalar.
Просмотров (101)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar