Главная » Apple daromadining 90 foizini smartfonlar sotuvidan oldi
(

AQShning Apple kompaniyasi joriy yil uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra jahon bozoridagi operatsion daromadning 91 foizini smartfonlar sotuvidan oldi. Bu haqda, Strategy Analytics konsalting agentligi reytingiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Pul ekvivalentida kompaniya daromadi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi.

“Apple kompaniyasining maksimal baho shakllantirilishini ta’minlash hamda ishlab chiqarish xarajatlarini minimalashtirish qobiliyati diqqatga sazovor. Bu omillar Apple’ga yuqori daromad keltirishda davom etmoqda”, — dedi Strategy Analytics rahbari Linda Syu.

Hisobotga Apple’ning asosiy raqobatchisi bo‘lmish Samsung kirmadi. Qolgan operatsion daromadning ko‘pchilik qismi Xitoyning Huawei, Vivo va OPPO kompaniyalariga tegishlidir.
Просмотров (53)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar