Главная » Apple kompaniyasi Pokemon GO o'yini yordamida 3 mlrd dollar ishlab topadi
(Apple kompaniyasi Pokemon GO mobil dasturidagi ichki xaridlar orqali 3 mlrd dollar ishlab topadi. Bu haqda 21 iyulda Needham&Co brokyerlik idorasiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar byermoqda.



Agentlikning ta'kidlashicha, o'yinning o'zi AppStore do'konidan bepul yuklanadi, biroq Apple dasturga o'rnatilgan xaridlar orqali yirik daromad olishi mumkin. Misol uchun, 100 ta PokeCoins o'yin valyutasi foydalanuvchilarga 99 tsentga aylanishi mumkin, 14,5 ming tanga uchun esa 100 dollar to'lashga to'g'ri keladi. Needham&Co tahlilchisi Laura Martinning aytishicha, Pokemon GO’dagi ichki xaridlarga pul sarflovchi foydalanuvchilar soni Candy Crush ommabop o'yinida qo'shimcha bonuslarni xarid qiluvchi foydalanuvchilar sonidan 10 barobar ko'proqni tashkil qiladi. Bu o'yinning 2013-2014 yildagi tushumi 1 mlrd dollardan ko'proqni tashkil qilgan. Pokemon GO o'yini 35 ta davlatda rasman ishga tushirilgan. 18 iyul holatiga ko'ra o'yinni AQShning o'zida 21 mln kishi yuklab olgan.Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko'ra, o'yin ishga tushirilgandan keyin Apple aktsiyalari narxi 5 foizga ko'tarilgan, Nintendo kompaniyasi narxi esa ikki martadan ko'proqqa oshib, kapitalizatsiya bo'yicha Sony’dan o'tib ketgan.
Просмотров (170)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar