Главная » Apple taqdimoti: qora korpusli iPhone, suvga chidamli soatlar va boshqa asosiy yangiliklar
(Apple taqdimoti: qora korpusli iPhone, suvga chidamli soatlar va boshqa asosiy yangiliklar



Yangi iPhone 7’ning ikkita kameraga ega bo'lishi haqidagi mish-mishlar — ayni haqiqat! Qurilma dizayni yanada ihchamlashgan.



Apple korpus ishlab chiqarishning yangi tehnologiyasi bilan alohida maqtanib o'tdi. Alyuminiy endi shishadan farq qilmaydi, shuningdek, siz ikkita yangi rangni uchratishingiz mumkin - qora va qora oniks.

Home» tugmasi jiddiy o'zgarishni boshdan kechirdi. U endilikda barmoq kuchini seza oladi. Unda Taptic Engine mehanizmi o'rnatilgan

iPhone 7 Plusning ikkita 12 megapikselli kamerasi 10 karrali optik kattalashtirishga, foto uchun ob`Yektivlar kengburchakli tasvirga ega.

iPhone 7 kamerasi 12 megapikselli sensor va suratni optik muvofiqlashtirishga ega bo'ldi. Suratlar yangi iP7chipi orqali tahrirlanadi va chipning o'zi kerakli yorug'lik va ranglarni tanlab beradi.



Yangi ayfonlarda 3,5 mm,li teshik yo'qligi sababli kompaniya simsiz quloqchinlarni taqdim etdi. Air Pods kompaniyaning istalgan qurilmasida iCloud orqali ishlay oladi.

Air Podsni Siri ovoz yordamchisi orqali boshqarish mumkin. Qurilma shuningdek, suhbatlar uchun mikrofon vazifasini ham o'taydi.

Apple Watch bilan endilikda suvga qo'rqmay tushish mumkin. Uning yangi hususiyati ham — suvga chidamliligi. Muhandislar uning germetik korpusi ustida tinimsiz mehnat qilishiga to'g'ri keldi



Apple yangi haridorlar orasida endi suzuvchilar ham bo'lishiga ishonmoqda. Buning uchun soatni bir kun davomida suvda ushlab turishdi.
Просмотров (105)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar