Главная » AQShda Samsung kompaniyasiga nisbatan Galaxy Note 7 tufayli jamoaviy da’vo qo‘zg‘aldi
(AQShda Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasiga nisbatan Galaxy Note 7 smartfonlari tufayli jamoaviy da’vo qo‘zg‘aldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.Da’vo 16-oktabr kuni Nyu-Jersidagi federal sudga taqdim etildi. Shikoyatda smartfonlarni qaytarib olish amerikalik xaridorlarga millionlab dollarga tushgani ta’kidlangan.


Da’voga ko‘ra, mijozlar Samsung tavsiyasiga muvofiq Galaxy Note 7 smartfonidan foydalanishni to‘xtatgan. Biroq kompaniyada ularni vaqtida almashtirib berish uchun smartfonlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Xaridorlarga bir necha kun, hatto hafta davomida kutishlari bildirilgan.

Mazkur jamoaviy shikoyat yuzasidan Samsung Electronics America matbuot kotibi izoh berishdan bosh tortdi.
Просмотров (54)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar