Главная » Artur Taymazov o'z nomzodini deputatlikka qo'ydi
(Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi tarkibida uch karra olimpiya o'yinlari chempioni, Sidney Olimpiadasi kumush medal sovrindori Artur Taymazov Rossiya Davlat Dumasiga o'tkaziladigan saylovlarda o'z nomzodini ilgari surdi.



O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi vaqtinchalik SHimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasi rahbari vazifasini bajarib turgan Vyacheslav Bitarov nomiga rasmiy maktub yo'llab, Taymazovning bo'lajak saylovlardagi ishtirokiga xayrixohlik bildirilgan.

Eslatib o'tamiz, Artur Taymazov 2004 yili Afina, 2008 yili Pekin, 2012 yilda Londonda o'tgan yozgi olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan. 2000 yili Sidney mezbonlik qilgan Olimpiadada kumush medalga sazovor bo'lgan.
Bundan tashqari, Taymazov Osiyo o'yinlarining uch karra g'olibi xisoblanadi. U 2002, 2006 va 2010 yillari o'tkazilgan qita o'yinlarida shoxsupaga ko'tarilgan. Jahon chempionatlarida ikki bor (2003, 2006) jahon chempioni, ikki marotaba kumush (2001, 2010) hamda bir bor bronza (2007) medaliga sazovor bo'lgan. 2014 yili Toshkentda o'tkazilgan jahon chempionati oldidan Birlashgan sport kurashlari shon-shuhrat muzeyiga qabul qilingan edi.
Просмотров (138)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar