Главная » Asal Shodiyeva: To‘ydan keyin ham ijod qilishimga turmush o‘rtog‘im rozi bo‘lmadilar
(

“Darakchi” gazetasi aktrisa Asal Shodiyeva bilan dildan suhbat qurish istagida, uni mehmonga chaqirgani, Asal esa suhbat uchun qaynonasi Zebo Navro‘zova bilan birga tashrif buyurgani haqida yozdi. Quyida ular tomonidan berilgan javoblar taqdim etildi.

O‘zaro munosabatlar haqida

“Bu bizning o‘rtamizdagi tuyg‘ular, orzular va niyat edi. Shuning uchun ham to‘y sanasini, munosabatlarni begonalardan asrab-avayladik. To‘y kuni esa baxtimizni ko‘pchilik bilan baham ko‘rdik. Menimcha, hammasi ko‘ngildagidek”.

Asal Shodiyeva turmush qurguniga qadar Shohruxxon bilan turli tadbirlarda ko‘rishib turgani, hammasi shundan boshlanganini aytib o‘tgan.

“Ishonasizmi, oila qurish taklifini o‘zbekona urf-odatlarimizga ko‘ra sovchilar kelganidan keyin bilganman. Boshida esa hamkasb, do‘st bo‘lib yurgandik”, — dedi Shodiyeva.

“Shohrux aka men uchun ideal darajadagi inson. U insonni hali to‘liq anglab yetmaganman. O‘ziga yarasha sirli fe’l-atvorga ega. Har qanday vaziyatda ularga suyanishim, ishonishim mumkin. Ba’zida menga noto‘g‘ridek tuyulgan qarorlari ham oxir-oqibat eng to‘g‘ri yo‘l ekanligiga guvoh bo‘lganman. Shuning uchun har bir qaroriga hurmat bilan munosabatdaman”.

“Ikkimiz yolg‘iz qolganda butunlay boshqa insonlarga aylanamiz. Gapdan tinmaymiz. Kulguli voqealarni eslab, kulishib, sira zerikmaymiz”.

Kelin va qaynona haqida

“O‘zimni baxtli insonlar qatoriga qo‘shaman. Ikki o‘g‘lim menga kelin emas, qiz olib keldi. Shuning uchun ham bugun ishga sho‘ng‘ib ketganman”, — dedi Zebo Navro‘zova.

“Zebo opa to‘yimizni kutib turgan edilar, nazarimda. To‘y o‘tdi-yu, ishga berilib ketdilar. Hozir faqat tasvirga olish ishlari, yangi film va seriallar bilan bandlar”, — deb suhbatga aralashdi Asal. Javobdagi “Zepo opa” esa jurnalistning e’tiborini tortdi.

“O‘zlaridan ruxsat so‘raganman. Shu kungacha Zebo opa deb chaqirganim uchun, to‘ydan keyin oyijon deyishga sira o‘rganolmadim”, — deb izoh berdi Asal Shodiyeva. O‘z navbatida Zebo Navro‘zova kelinini quvvatladi:

“Mening o‘zim ham qarshilik qilmadim. Insonni qanday atash muhim emas. O‘ziga yoqqandek murojaat etaversin. Hurmat bu bilan o‘lchanmaydi-ku, to‘g‘rimi?”

“Asal juda sodda va uyatchan. Ba’zida aktrisaga ham o‘xshamaydi, qanday qilib rol o‘ynagan ekan, deb ajablanaman ham. Hayotdagi past-balandliklarni birgalikda yengib o‘tishimizga ishonaman. Men esa kasbimdan kelib chiqib, juda talabchanman. Vaqt o‘tishi bilan bir-birimizni o‘rganib, bir-birimizga ko‘nikib bormoqdamiz”.

Asal Shodiyeva kinoda davom etadimi?

“To‘ydan keyin turmush o‘rtog‘im ijod qilishimga rozi bo‘lmadilar. Oilam bilan, uy ishlari bilan band bo‘lishimni istadilar. Zebo opa mening yonimni olib, ishlashimga rozilik olib bermoqdalar. Shohrux aka aniq qarorga kelmaganlar, shunday bo‘lsa ham oyijonimiz ko‘maklarida kichik fotosessiya, kichik loyihalarda ishtirok etyapman”, — deb javob bergan aktrisa qaynonasiga alohida rahmat aytishni ham unutmadi.

“Asalni rolga taklif qilgan har qanday rejissor birinchi galda men va Shohruxning oldidan o‘tadi. Ssenariylarni ham avval o‘zimiz o‘qiymiz. Bu Asalga ishonchsizlik emas. Uning o‘zi ham rollarni chertib-chertib tanlashiga ishonaman”, — dedi Shohruxxonning onasi.

“Hozirda ‘Baxtli bo‘lamiz’ serialining uchinchi fasli suratga olinyapti. O‘g‘lim va kelinim uchun unga maxsus o‘zgartirish kiritdik. Chunki tasvirga olish ishlari yaqinlashganidan keyin Shohrux rol o‘ynash fikridan qaytib qoldi. Ba’zi syujetlar unga yoqmagan emish. Men esa ssenariyga o‘zgartirish kiritib, unga berdim. Rozilik olsam, ikkalasi bilan birga ishlayman”, — dedi Zebo Navro‘zova.

Asal Shodiyeva o‘zi tanigan va bilgan oilaga kelin bo‘lib tushganini, qayniukalarini ham avvaldan tanigani haqida aytdi. Yo‘l qo‘yadigan ayrim xato va kamchiliklarni oila a’zolari ko‘magida yengib o‘tayotgani haqida so‘zladi.

O‘z navbatida qaynona bunday holatlarda keliniga yordam berishga va’da berdi.
Просмотров (215)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar