Главная » Barak Obama Shavkat Mirziyoevni tabrikladi
(

Mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo`lib o`tgan saylovda Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb yozadi O`zA.

Xususan, Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Barak Obamaning tabrigida shunday deyiladi:

O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Muhtaram janob Prezident!

Amerika Qo`shma Shtatlari nomidan Sizni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan muborakbod etaman. Mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va hamkorlik aloqalari mamlakatingiz mustaqillikka erishgach, ya`ni 25 yil avval boshlangan. O`zbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini qo`llab-quvvatlashga doir siyosatimiz bugun ham davom etmoqda.

Sizning Prezident etib saylanishingiz O`zbekiston uchun muhim davrni boshlab berdi. Sizning mintaqada hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro munosabatlarda muvozanatni saqlashga qaratayotgan alohida e`tiboringizni qo`llab-quvvatlayman. Shuningdek, Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida muhim sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyot va qonun ustuvorligi sohalarida Siz boshlagan ishlarni katta mamnuniyat bilan qayd etaman.

Hukumatingiz bilan o`rnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz hamda ushbu aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlarni ishga solamiz. O`zaro umumiy manfaatlarimizni hisobga olib, mamlakatlarimiz farovonligi yo`lida birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz, degan umiddaman.
Просмотров (268)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar