Главная » Barcha davlat tashkilotlari rahbarlari har kuni ertalab soat 11:00 gacha fuqarolarni qabul qiladigan bo‘ldi
(

Barcha vazirlik, idora va hokimiyat rahbarlariga har ish kuni ertalabki soat 11:00 gacha fuqarolarni qabul qilish topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Qaysi davlat tashkilotida muammo bo‘lsa, holatni to‘liq yoritib va imkoni bo‘lsa rasmi bilan bu yerda yozib qoldiring”, — deyiladi Bosh vazirning sahifasida qoldirilgan xabarda.

“Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda davlat xizmatchilari tomonidan sansalorlik va mas’uliyatsizlik holatlariga butunlay barham berish uchun biz qat’iy kurash olib boramiz. Rahbarlar faoliyatiga, ularga bo‘lgan ishonch va aholini o‘ylantirayotgan muammolarni samarali hal etish darajasidan kelib chiqqan holda, xalqning o‘zi baho beradi”, — qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Просмотров (68)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar