Главная » Barselonada O`zbekiston Prezidenti saylovi muhokama qilindi
(

spaniyaning yirik shaharlaridan biri - Barselonada “O`zbekistonda Prezident saylovi” mavzusiga bag`ishlangan konferensiya bo`lib o`tdi. Tadbir mamlakatimizning Madriddagi elchixonasi, Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Osiyo bilan madaniy aloqalar instituti (Casa Asia) hamda Barselona Xalqaro munosabatlar markazi (CIDO cool hamkorligida tashkil etildi.

Anjumanda mamlakatimizning siyosiy islohotlarni amalga oshirish, saylov tizimini takomillashtirish, siyosiy partiyalarning rolini mustahkamlash va oldinda turgan Prezident saylovi munosabati bilan saylov kampaniyasini o`tkazish borasidagi tajribalari muhokama qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylov jarayonida shaffoflikni ta`minlash borasidagi faoliyatiga, shu jumladan, ko`pgina xorijiy mamlakatlar va nufuzli tashkilotlardan xalqaro kuzatuvchilarning taklif etilganligi masalasiga alohida e`tibor qaratildi.

Anjuman chog`ida uning ishtirokchilari O`zbekistonning bugungi hayoti, xususan, jamiyatni har tomonlama modernizasiya qilish jarayonlarida yosh avlodning tutgan o`rni va boshqa masalalar bo`yicha o`zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Muzokaralar yakunida tadbir qatnashchilari “Jahon” axborot agentligi muxbiriga O`zbekistonda bo`lib o`tadigan Prezident saylovi yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
Просмотров (203)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar