Главная » Bastakorlar e’tirozi: “Xonandalar bizning pulimizni hisoblamasin!”
(O‘zbekistonlik bastakorlar Eldor Qayumov va Bahodir Nizomov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida san’atkorlar bilan ishlash jarayonidagi ba’zi jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.



Avvalo, nashr ularni tanishtirib o‘tdi. Eldor Qayumov — xonanda Munisa Rizayevaning “Gollivud”, “Sakramento” qo‘shiqlarini yozgan. Bahodir Nizomov esa Ziyoda va Dilso‘zning so‘nggi xit qo‘shiqlari muallifidir.

“Ko‘pincha xonandalarga qo‘shiq sotayotganimizda ‘stavka’ qo‘yib olibsizmi deb e’tiroz bildiradi, — dedi Bahodir Nizomov. — Nega endi ular bizning pulni hisoblashi kerak? — deb o‘ylab qoldim. Ular biz yozib bergan qo‘shiqlarni yuzlab to‘ylarda kuylab, bizdan ko‘ra ko‘p pul yig‘ib olyapti-ku. Biz ularning pulini hisoblamaymiz, bu bizga kerak ham emas. Biz qo‘shiq mualliflari, qilgan mehnatimizga, ularga taqdim etgan qo‘shiqning noodatiy, qaytarilmaslik darajasiga qarab narx qo‘yamiz. Bu bozor iqtisodiyoti. Hamma ehtiyojidan kelib chiqqan holda ishlaydi”.

Eldor Qayumov esa o‘zi hech qachon ishiga narx belgilamaganmanligini ta’kidladi. “Doim xonandaning muomalasi, sharoitiga qarab ishlaganman. Hatto sovg‘a qilingan mashhur qo‘shiqlar ham bor”, — dedi u.
Просмотров (110)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar