Главная » Baxt har doim oxirgi daqiqada keladi
(Baxt doim oxirgi daqiqada keladi, — deya fikr yuritdi u. — Agar Smolensk bozoridan 4-raqamli tramvayga o‘tirishingiz kerak bo‘lsa, u yerda undan boshqa 5, 17, 30, 31-raqamli B, G tramvaylar, va ikkita yo‘nalishdagi avtobuslar qatnaydi.



Demak, ishonchingiz komil bo‘ladiki,avval G, keyin ikkita 15-chi ketma-ket, umuman olganda g‘ayritabiiy ravishda keyin 17, 30, ko‘pgina B, yana G, 31, 5, yana 17 va yana B keladi. Qachonki, sizga mohiyatan 4-raqam mavjud emasdek tuyulsa, u asta-sekin Bryansk vokzalidan bir dunyo odam bilan kelayotgan bo‘ladi.

Lekin mohir tramvay yo‘lovchisi uchun vagonga olomon orasidan yorib chiqib olish unchalik ham qiyin emas. Faqat tramvay kelishi zarur. Agar siz o‘n beshinchi raqamli tramvayga o‘tirishingiz kerak bo‘lsa, hech ikkilanmang: dastlab barcha qolgan raqamlar o‘tadi, la’nati 4-raqam ham sakkiz marta keladi, doim har besh daqiqada keladigan transport bir sutkada bir martadan ortiq ko‘rinmaydi. Faqat sabr kerak va siz kuta-kuta erishasiz”.

I. Ilf, Ye. Petrov, “O‘n ikki stul”
Просмотров (148)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar