Главная » Betmen roli ijrochisi Adam Uest 89 yoshida olamdan o‘tdi
(
O‘tgan asrning 60-yillarida “Betmen” teleserialida bosh qahramonni o‘ynagan amerikalik aktyor Adam Uest 89 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi.Ko‘p yillar davomida oqqon kasaliga qarshi kurashib kelgan aktyor Los-Anjelesda, yaqinlari qurshovida vafot etdi.

Uest ABC telekanalida “Betmen” teleserialida bosh rolni ijro etgach, mashhurlikka erishdi. U shundan keyin yana bir necha serial va filmlarda o‘ynadi, biroq avvalgidek muvaffaqiyatga erishmadi. Uest “Olmoslar abadiy” filmida Jeyms Bond roliga nomzod sifatida ko‘rilgandi, biroq tasdiqlanmadi.

1980-yillar boshlarida aktyor animatsiya filmlariga ovoz berishni boshladi. U “Simpsonlar”, “Mo‘jizakor ota-onalar”, “Kim Besh plyus bilan”, “Betmen” va “Griffinlar” seriallarida ishtirok etgandi.
Просмотров (248)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar