Главная » Birinchi rolimni otam bilan birga ijro etgan ekanman”. Aktrisa Zarina Nizomiddinova otasini xotirladi
(

Aktrisa Zarina Nizomiddinova otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahboz Nizomiddinovni xotirlab, u bilan birga ijro etgan yagona roli haqida so‘zlab berdi. Bu haqda aktrisa Instagram’dagi sahifasida yozgan.
Darakchi.uz”ning yozishicha, aktrisa 1990-yillarda xit bo‘lgan, uning katta opasi Mohinur va akasi Shohrux tomonidan kuylangan “Karate-karate” nomli qo‘shiqning klipi haqida so‘z yuritgan.

Birinchi rolimni shu klipda ijro etgan ekanman. Dadam hayotliklarida klipda ham, kinoda ham birga suratga tushish nasib etmadi. Ammo, e’tibor berib qarasam, ijodimni aynan dadajonim bilan mana shu klipdan boshlagan ekanman. O‘sha damda otajonimning qo‘llab-quvvatlaganliklari shu kungacha yordam berib kelyapti. Otajonim, joyingiz jannatdan bo‘lsin. Doim qalbimizda, yuragimizdasiz!

Zarina Nizomiddinova, aktrisa
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahboz Nizomiddinov 2015-yil 23-aprel kuni 69 yoshida vafot etgan edi. U afsonaviy “Yalla” ansambli asoschilaridan biri edi.
Просмотров (267)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar