Главная » Bishkekdagi aviahalokat: qurbonlar 35 nafarga yetdi
(

16 yanvar Toshkent vaqti bilan soat 6.31da Bishkekdagi "Manas" xalqaro aeroporti yaqinida turk aviakompaniyasining Gonkongdan kelayotgan Boeing 747 yuk samolyoti halokatga uchradi.

Samolyot dala hovlilar ustiga qulagan. Oxirgi ma`lumotlarga ko'ra, fojia oqibatida halok bo'lganlar soni 35 nafarga yetgan.

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, shuning uchun halok bo'lganlar soni haqidagi ma`lumotlar o'zgarishi mumkin.

Ma`lumotlarga ko'ra, 8 kishi, jumladan 6 yosh bola ko'plab jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilganlar. Samolyot qulashi oqibatida 15 taga yaqin bir qavatli uylar vayron bo'lgan.

Oxirgi ma`lumotlarga ko'ra, samolyot MyCargo Airlines (boshqa nomi ACT Airlines) turk kompaniyasiga tegishli bo'lgan. Avval samolyot Turkish Airlines’ga tegishli ekanligi ma`lum qilingandi.
Просмотров (304)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar