Главная » BMT: Nigeriya shimolida 75 ming nafar bola ochlik va o`limga mahkum
(

Nigeriyaning shimoli-sharqida joylashgan Borno shtatida yaqin ikki oy ichida 75 ming nafar bola ochlikdan o`lishga mahkumligini, BMT ham ularga insonparvarlik yordami ko`rsatishga qurbi etmasligini tan olgan, deb xabar berdi “1news.az” nashri.

BMT insonparvarlik dasturi koordinatori Peter Lundbergning so`zlariga qaraganda, bu hudduda yaqin kungacha “Boko Haram” ekstremistik guruhi xo`jayinchilik qilgan. Hozirda hududda 14 million odam insonparvarlik yordamiga muhtoj bo`lib kun kechirmoqda.

Lundbergning ta`kidlashicha, terrorchilarning qo`lidan ozod etilganlarning 400 ming nafari voyaga etmagan bolalar hisoblanadi. Hukumat va jihodchilar o`rtasida etti yildan beri davom etib kelayotgan janjal tufayli o`n minglab odamlar halok bo`lgan, ikki millionga yaqin mahalliy aholi qochoqlarga aylangan. 2014 yilning aprel oyida “Boko Haram” jangarilari Chibokedagi maktabdan 250 nafar o`quvchi qizni o`g`irlagan. Ular qizlarning evaziga qo`lga tushgan jangarilarni qo`yib yuborishni talab qilgan. Ayni damda jangarilarning qo`lida 200 nafarga yaqin qizlar tutqinlikda saqlanmoqda. Joriy yilning oktyabr oyida “Boko Haram” terrorchilik guruhi Xalqaro Qizil Xoch va Shvesariya hukumatining muzokaralaridan keyin 21 nafar qizni qo`yib yuborishga rozi bo`lgan.
Просмотров (56)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar