Главная » Boks. Bektemir Meliqo‘ziyev Rio—2016 Olimpiadasining final jangida oltin medal uchun kurash olib boradi
(Rio—2016 Olimpiadasining 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqasida ishtirok etayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev finalga yo‘llanma oldi.



Final ostonasida u meksikalik Misael Rodrigesga qarshi ringga ko‘tarildi hamda dastlabki ikki raundni o‘z foydasiga hal qildi.

Yarim final jangiga qadar o‘zbekistonlik bokschi 1/8 finalda avstraliyalik Deniel Lyuisni, chorak finalda esa hindistonlik Vikas Krishan Yadavni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

Shu tariqa Bektemir Meliqo‘ziyev eng kamida kumush medal masalasini naqd qilib qo‘ydi. U Rio—2016 Olimpiadasining hal qiluvchi jangida ishtirok etadigan Hasanboy Do‘stmatov va Shahram G‘iyosovdan keyin uchinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi.
Просмотров (226)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar