Главная » Boks. Shahobiddin Zoirov Rio—2016 ning finalida ringga ko‘tariladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlikka aylandi
(O‘zbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov Rio—2016 Olimpiadasining yarim finalida venesuelalik Yoel Rivasga qarshi ringga ko‘tarildi.



52 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqaning final ostonasidagi jang o‘zbekistonlik bokschi uchun omadli kelib, u ochkolar farqi bo‘yicha raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va o‘z vazn toifasida final chiptasiga ega chiqdi.

Riodagi ishtirokini 1/16 finalda boshlagan Shahobiddin Zoirov avvaliga irlandiyalik Brendan Irvinni, 1/8 finalda amerikalik Antonio Vargasni, chorak finalda esa ozarbayjonlik Elvin Mamishzadeni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

Shahobiddin Zoirov boks bellashuvlarining finaliga yo‘llanma olgan Hasanboy Do‘stmatov, Shahram G‘iyosov hamda Bektemir Meliqo‘ziyevdan keyin to‘rtinchi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga aylandi.
Просмотров (225)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar