Главная » Bolalar uchun yangi yil tomoshalari: Nima? Qachon? Qaerda? Qancha?
(

Mana Yangi — 2017 yilni qarshi olishimizga ham sanoqli kunlar qoldi. Bu kunni hammadan ham ko`proq bolalar intiq bo`lib kutishadi. Chunki yangi yil bayramiga bag`ishlab madaniyat maskanlarida bo`ladigan tomoshalar ularga bir olam quvonchu shodlik ulashadi. Xo`sh, bu yil ular uchun poytaxtda qanday tomoshalar o`tkaziladi? Ushbu sahifada ana shu haqda ma`lumotlarni, ya`ni ota-onalar uchun kichikkina “shpargalka”ni taqdim etamiz. Zero, har bir ota-ona o`z farzandiga quvonch ulashishni istaydi. Shuningdek, bolajonlarimizning qishki ta`til kunlari zavqli o`tishida bu tomoshalarning ham o`z o`rni bor.

YoSh TOMOShABINLAR TEATRIDA
“Zumrad shahar sehrgari” tomoshasi

O`tkazilish sanasi: 24-25, 28-30 dekabr
kunlari, 2-8 yanvar.
O`tkazilish vaqti: 11:00, 13:00
Chipta narxi: 17 000 dan (oddiy kunlar)
20 000 ming so`mgacha.
(Dam olish kunlari: shanba, yakshanba)
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefonlar:
244-10-87, 244-10-89.

O`ZBEKISTON DAVLAT ­KONSERVATORIYaSIDA
"Yalmog`iz kampir qilmishlari" musiqiy shousi

O`tkazilish sanasi: 26-29 dekabr, 2-8 yanvar.
O`tkazilish vaqti: 10:00, 12:00, 14:00, 16:00.
Chipta narxi: 12 000 ming so`m.
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefonlar:
244-40-23, (93) 553-26-08

ALIShER NAVOIY NOMIDAGI O`ZBEKISTON DAVLAT AKADEMIK KATTA TEATRIDA
“Super qahramonlar katta teatrda” musiqiy ertak

O`tkazilish sanasi: 23-31 dekabr, 2-9 yanvar
O`tkazilish vaqti: 12:00, 14:00, 16:00.
Chipta narxi: 15 000 (amfiteatr),
20 000 ming so`m (parter)
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefonlar: (+99871) 232-19-48, (+99871) 233-32-21

RESPUBLIKA QO`FIRChOQ TEATRIDA
“Qor malikasi” tomoshasi.
O`tkazilish sanasi: 17-31 dekabrgacha.
(Soat 11:00da), 2-10 yanvar.
O`tkazilish vaqti: 12:00, 14:00, 16:00.
Chipta narxi: 2 yoshdan boshlab
8 000 ming so`m.
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefonlar:
256-73-95.
Faqat 31 dekabr kuni bir mahal, soat 11:00 da.

"ISTIQLOL" SAN`AT SAROYIDA
"qor malikasi" nomli oilaviy myuzikl.

O`tkazilish sanasi: 24-26 dekabrgacha,
8-10 yanvargacha.
O`tkazilish vaqti: 11:00, 13:30 va 16:00.
Chipta narxi: 10 000 dan 100 000 so`mgacha.
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefonlar: (+99871) 233-87-87.

"TURKISTON" SAN`AT SAROYIDA
“Alisa mo``jizalar mamlakatida”.

O`tkazilish sanasi: 17 dekabrdan.
O`tkazilish vaqti: 15:00.
Chipta narxi: 40 000-65 000 so`m.
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefonlar: (+99893) 545-05-55.

O`ZBEKISTON DAVLAT TENNIS KLUBIDA
“Suvda ertak” tomoshasi.

O`tkazilish sanasi: 25 dekabrdan 9 yanvargacha.
O`tkazilish vaqti: 11:00, 13:00, 15:00.
Chipta narxi: 8 000 so`mdan boshlanadi.
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefonlar: (+99890) 234-32-85.

Eslatma: spektaklda sinxron suzish bo`yicha sportchilar, Toshkent Davlat Sirkining havo gimnastlari va Yosh tomoshabinlar Davlat teatri aktyorlari ishtirok etishadi.

TOShKENT SIRKIDA
“Elzaning sirkdagi Yangi yil sarguzashtlari”.
O`tkazilish sanasi: 24 dekabrdan
10 yanvargacha.
O`tkazilish vaqti: 10:00, 12:00, 14:00,
16:00, 18:00.
Chipta narxi: 7 000, 10 000, 15 000 so`mdan.
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefonlar:
244-35-94, 244-35-91, 244-32-23.

O`ZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRIDA
Bolalar spektakli.

O`tkazilish sanasi: 27-30 dekabrgacha, 1-10 yanvargacha.
O`tkazilish vaqti: 12:00 va 14:00.
Chipta narxi: 10 000, 12 000 va 15 000 so`mgacha.
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefonlar:
244-17-51.
Просмотров (272)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar