Главная » Bosh vazirning virtual qabulxonasiga umumiy murojaatlar soni 70 mingdan oshdi
(

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga murojaatlar soni tobora ortib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi rasmiy sahifasida xabar qilindi.
Virtual qabulxona faoliyati 2016-yil 24-sentabr kechki payt boshlangandan keyingi birinchi haftada o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 1 000 tadan ortgandi. Ikkinchi haftada o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 2 000 tadan oshdi.

Uchinchi haftada esa o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 3 000 tadan ortdi. To‘rtinchi haftani oxirida kundalik murojaatlar soni 4000 tadan ko‘paydi.

22-oktabr, shanba kuniga kelib umumiy murojaatlar soni 70 mingdan oshdi.
Просмотров (74)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar