Главная » Botir Qodirov Pekindagi xalqaro festivalda oliy mukofotni qo`lga kiritdi
(

Xonanda Botir Qodirov o`n sakkizinchi bor tashkil etilgan Pekin xalqaro turizm festivalida oliy mukofotni qo`lga kiritdi, deya xabar beradi “Daryo.uz” nashri.

Ma`lum qilishlaricha, festival davomida Botir Qodirov jamoasiga ijodiy hamkorlik masalasida, Shanxay, Xunan va Pekindagi boshqa xalqaro festivallarda qatnashish, Yaqin Sharq va Evropa bo`ylab bir oylik musiqiy turne uyushtirish bo`yicha takliflar tushgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Pekindagi xalqaro turizm festivalida xonanda Botir Qodirovning jamoasidan tashqari, «Sirdaryo navolari» raqs dastasi va taniqli raqqosa Parizoda ishtirokidagi ansambl ham ishtirok etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Просмотров (52)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar