Главная » Bred va Anjelinaning ajrashishi “sababchisi” Marion Kottiyyar homilador ekanligi ma`lum bo`ldi
(

Anjelina Joli va Bredd Pitning ajrashishi butun dunyoda keng muhokama qilinayotgan mavzuga aylandi. Aktyorlarning o`zlari rasman farzandlar tarbiyasidagi fikrlar qarama-qarshiligi tufayli ajrashayotganini aytgan bo`lsa ham chet el OAVlari “yil ajrimi”ning boshqa sabablarini muhokama qilmoqda, deb yozadi “Vesti”.

Ularning ajrashishiga fransuz aktrisasi Marion Kottiyyar sabab bo`lgan bo`lishi mumkinligi aytilmoqda. Ma`lum bo`lishicha, fransuz aktrisasi Bred Pittdan homilador bo`lishi mumkin.

Kottiyyar shu dekabr oyida farzand ko`radi. U Gollivudning eng chiroyli juftligi Pitt va Jolining ajrashayotganidan qattiq qayg`uda ekanligini bildirgan.

“Marion Joli va Pittning ajrashishiga sabab qilib ko`rsatilayotganidan afsusda”,—deydi aktrisani yaqindan tanigan manbalardan biri.

Ma`lumki, Marion Kottiyyar Giyom Kane bilan birga yashaydi.

Fransuz aktrisasi Pitt bilan “Sheriklar” filmida suratga tushgandi.yangi film noyabr oyida ekran yuzini ko`radi.

Anjelina Joli va Bred Pitt 2005 yilda uchrashishni boshlagan edi. Ularning olti nafar farzandi bor.
Просмотров (100)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar