Главная » Britaniyada 101 yoshli erkak voyaga yetmaganlarni zo'rlagani uchun 13 yilga qamaldi
(

Britaniya sudi dushanba kuni 1915 yilda tug'ilgan Ralf Klarkni voyaga yetmagan shaxslar ustidan jinsiy zo'ravonlik qilganlikda aybdor deb topib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.Avvalroq, Birmingem qirollik sudi Klarkni balog'atga yetmagan shaxslarga nisbatan 21 ta jinsiy zo'ravonlik holatini amalga oshirganlikda aybdor deb topgandi. Xabar qilinishicha, u jinoyatlarni 1970-80 yillarda amalga oshirgan.Uning qurbonlari esa politsiyaga o'tgan yili murojaat qilishdi. Bu holat Facebook’dagi Klarkning sahifasida yuz yosh bilan tabriklab jo'natilgan xabarlar paydo bo'lgach yuz bergan.Taxminlarga ko'ra, Klark Buyuk Britaniya tarixidagi eng keksa mahkumga aylandi.
Просмотров (936)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 1
avatar
1
Salom dostlar barchengizni yangi yil bilan tabriklayman! Bestuz.Net saytida yangi musiqalarni kochirib olish imkoniyati kop ekan
avatar