Главная » Britaniyada o`g`ri 2 metrlik jalyuzini kiyimi ostiga yashirib olib ketishga urindi
(

Britaniyaning Nortgempton shahrida so`nggi vaqtlarda sodir bo`lgan o`g`irliklardan eng kulgulisi qayd etildi. Noma`lum o`g`ri do`kondan ikki metrlik jalyuzini kiyimi ostiga yashirib olib chiqib ketmoqchi bo`ldi. Tabiiyki, bunday ulkan konstruksiya qorovullar e`tiboridan chetda qolmadi.

Do`kon qorovullari kuzatuv kameralarini tekshirganida, unda yoshroq yigit kiyimi ichiga yashirib olgan jalyuzi ko`zga tashlandi. Qorovullar mazkur holatdan shokka tushib qoldi. Natijada esa o`g`rini ushlay olmadi. O`g`ri ko`chaga chiqib ketdi. qorovullar esa o`g`rini ko`chada ta`qib qila boshladi. Ortidan ta`qib qilayotgan qorovullarni ko`rgan o`g`ri cho`chib, jalyuzini tashlab qochishga muvaffaq bo`ldi. Hozirda o`g`riga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.
Просмотров (103)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar