Главная » Britaniyalik bokschi faoliyatidagi birinchi jangdan so‘ng 22 yoshida olamdan o‘tdi
(

Britaniyalik bokschi Kuba Mochik havaskor ringdagi ilk jangida olgan og‘ir jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda, Mirror nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Jang 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Uchinchi raundda Mochikning raqibi unga og‘ir zarba berdi, shundan so‘ng Mochik o‘rnidan tura olmadi. Bokschi shifoxonaga yetkazildi, shifokorlar uni sun’iy hayot ta’minoti apparatiga uladi. Mochik hushiga kelmay olamdan o‘tdi.

22 yoshli bokschining o‘limiga miyaga qon quyilishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Просмотров (198)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar