Главная » Bundesligada to‘p surish orzusidagi Odil Ahmedov Ispaniya, Germaniya va Fransiya klublaridan takliflar borligi haqida aytdi
(

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov bugun — 28-dekabr kuni “Oriat Dono” radiosida mehmon bo‘ldi, deb yozdi “Sports.uz”.
Ayni vaqtda huquqiy jihatdan Rossiyaning “Krasnodar” klubiga tegishli bo‘lgan Odil Ahmedovning fikriga ko‘ra, unga Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan ham takliflar bo‘lgan va ular haligacha bor.

5 yildan buyon Yevropa Ligasida to‘p suraman. O‘tgan yillar ichida menga Germaniya, Ispaniya va Fransiya kabi chempionat klublaridan takliflar tushdi. Ular hozirga qadar ham bor.

Ammo takliflarni ko‘rib chiqish faqatgina o‘zimga bog‘liq emas. Agentlar, klublar, umuman, transfer ishlari borasida kelishmovchiliklar bo‘ldi.

O‘zimga qolsa, Bundesligada to‘p surgan bo‘lardim. Menga Germaniya chempionati qolganlarga qaraganda ko‘proq yoqadi.

Odil Ahmedov, “Krasnodar” futbolchisi

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda “Krasnodar” Odil Ahmedovning transferi borasida Xitoy klublari bilan muzokara olib bormoqda. Avvaliga “Shandong Luneng” yarim himoyachi uchun 8 million yevro berishi mumkinligi aytilgan bo‘lsa, keyinroq Andre Villash-Boash boshchilik qilayotgan “Shanxay SIPG” Ahmedov bilan qiziqayotgani xabar qilingandi.
Просмотров (247)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar