Главная » Burjingizga qarab, qomatni asrang!
(

Qat`iy parhez, jismoniy mashqlar, to`g`ri ovqatlanish – bularning barini bajarsangiz ham vazningiz ortib borayotgandek ko`rinayaptimi? Balki burjingiz talablaridan kelib chiqib, yo`l tutganingiz ma`quldir?



Hamal

Tabiatan faol va qat`iyatli bo`lgan hamal burji vakillari taomnomaga ham fe`l-atvorlaridan kelib chiqib yondashishlari kerak. Vazningiz me`yorida saqlanishini istasangiz:

Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan, hayvon yog`laridan tayyorlangan, konserva mahsulotlarini. Achchiq, sho`r va uvalanuvchi qandolat mahsulotlari taomnomadan chiqarib tashlanishi kerak.

Sizga foydali: baliq go`shti, arpa, grechixa, so`ka donidan bo`tqa, sut va qatiq mahsulotlari, pishloq va tvorog. Taomnomaga sabzi, karam, qizil lavlagi, sholg`om, mevalalardan — olma va bananni qo`shsangiz, ichaklarga foydalidir.

Fitnes: suzish va bir joyda turib yugurish mashqlari vaznni nazoratda ushlashga xizmat qiladi.

Savr

Aytish mumkinki, siz shirinlikxo`rsiz. Ammo hazm jarayoni bilan bog`liq muammolar hisobiga vazn to`plashingiz ham oson kechadi. Xo`sh, siz uchun qanday parhez tavsiya etilishi kerak?

Tanovul qilmang: qandolat mahsulotlari, pirojniy, tort, oshirilgan xamirdan tayyorlangan shirinliklar, qovurma eguliklar.

Sizga foydali: yog`siz go`shtlar, dengiz mahsulotlari. Taomnomaga sabzi, qizil lavlagi, gulkaram, salat bargini qo`shsangiz hazmga yordam beradi. Kunora yarim siqim yong`oq iste`mol qilish ham foydali. Apelsin, mandarin, xurmo mevalari esa ishtahangizni aldaydi.

Fitnes: aerobika, arabcha va lotincha raqs tushsangiz, doimo sarvqomat bo`lasiz.



Javzo

Asabiylashganingizda keragidan ortiqcha tanovul qilish odatingiz borligi yaxshi ma`lum. Qolaversa, yo`l-yo`lakay tamaddi qilishdan ham voz kecholmaysiz. Qomatingiz raso bo`lishini istasangiz, mana bu tariqa ovqatlaning.

Tanovul qilmang: hayvon yog`lari, qandolat mahsulotlari va asab tizimiga ta`sir etuvchi qahva, achchiq choy .

Sizga foydali: asabiylashish qomatingizga zarar keltirmasligi uchun taomnomada kaliy va V guruhi vitaminlariga boy mahsulotlar bo`lishi kerak. Jumladan, kartoshka, karam, baqlajon, kabachki. Shuningdek, tuxum, pishloq, asal, uzum, nok va mayiz ham taomnomada bo`lishiga diqqat qiling.

Fitnes: tabiatingizga ko`ra, atrofingizdagilarning fikrini muxim, deb bilganingiz bois, jismoniy mashqlarni ham juftingiz bilan birga bajarganingiz ma`qul.



Saraton

Ba`zan o`zingizni quvvatsizdek sezasiz. Quvvat zaxirasini to`ldirish uchun esa ortiqcha tanovul qilib yuborasiz. Siz uchun asosiy shart ishtahangizni nazorat qilishdir!

Tanovul qilmang: shakar, kraxmal va yog` miqdori ko`p bo`lgan qandolat mahsulotlari.

Sizga foydali: tuxum sarig`i, manniy yormasidan bo`tqa, yog`siz go`sht mahsulotlari, pishloq, yogurt, sut. Sabzavotlardan qovoq, karam, piyozni tez-tez iste`mol qilib turing. Tushlik vaqti iloji boricha suyuq taomlarni tanlang.

Fitnes: yoga bilan shug`ullanish ruhiyatingizga ijobiy ta`sir etib, fikrni jamlash va bo`lmag`ur xayollarga chalg`imaslikni ta`minlaydi.



Asad

Taom tanlash borasida didingizga tasanno! Biroq ba`zida keragini ham nazardan chetda qoldirib, organizmga ziyon etkazib qo`yishingiz mumkin.

Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan, og`ir hazm bo`luvchi va yog`li taomlar, qandolat mahsulotlari.

Sizga foydali: yogurt, pishloq, tuxum, yong`oq, salat bargi, bodring, kartoshka, baqlajon, olma, uzum, anjir, mayiz, turshak kabilar organizmingiz uchun foydali ozuqa bo`libgina qolmay, semirishning oldini olishga xizmat qiladi.

Fitnes: iloji bo`lsa, mashq zalida murabbiy bilan birgalikda shug`ullanganingiz durust.



Sunbula

Mazkur burj vakillarining asosiy muammosi oshqozon faoliyati bilan bog`liq. Shu bois ham o`z vaqtida ovqatlanishga ahamiyat qaratishni yodda tuting.

Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan taomlar, konserva mahsulotlari, dudlangan va yarim tayyor eguliklar.

Sizga foydali: tuxum, pishloq, bodom, sut-qatiq mahsulotlari. Sabzavotlardan — kletchatkaga boy karam, sabzi, qovoq, kabachki, salat bargi oshqozonga og`irlik tushishining oldini olsa, uzum, nok va anor tanaga quvvat bo`ladi.

Fitnes: bir joyda turib yugurish va tanovuldan so`ng piyoda sayr qilish hazm jarayoniga ijobiy ta`sir etib, ortiqcha vazn to`planishining oldini oladi.



Mezon

Bu burj sohibalari tez-tez asabiylashishga moyil bo`lishadi. Asabiylashganlarida esa qondagi kortizol (stressni oshiruvchi gormon) miqdori oshib, moddalar almashinuvi jarayoni sekinlashadi. Mezonlar uchun tinchlantiruvchi mahsulotlar kerak.

Tanovul qilmang: tuzlangan, marinadlangan mahsulotlar, dudlangan, yog`li taomlar, shirinliklar, shuningdek, sariyog`ni kamaytiring.

Sizga foydali: mol go`shti, grechixa, suli yormalaridan tayyorlangan bo`tqa, guruch va bodom mag`zi. Sabzavotlardan — sabzi, qizil lavlagi, bodring, salat bargi, kartoshka, kabachki kabilarni ko`proq eng. Vaqti-vaqti bilan olma, qora uzum, nok kabi mevalarni ham iste`mol qilib turing.

Fitnes: velosiped minishni eplay olsangiz, bo`ksa qismingizdagi ortiqcha santimetrlar bilan oson “xayr”lashasiz.



Aqrab

E`tibor bergan bo`lsangiz, siz kun bo`yi hech narsa tanovul qilmay ham kechgacha yura olasiz. Biroq buning evaziga kechki ovqatni “to`yib” iste`mol qilasiz. Natijada esa kun bo`yi oshqozoningizni och qo`yib jazolaganingiz tunda ortiqcha kaloriyalarning ko`payishi bilan xotima topadi.

Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan, yog`li go`shtdan tayyorlangan taom va eguliklar, ziravorlar qo`shilgan taomlar va oshirma xamirdan tayyorlangan shirinliklardan uzoqroq yuring.

Sizga foydali: baliq go`shti va dengiz mahsulotlari, tuxum, yogurt, yong`oq. Taomnomangizda – karam, sarimsoq piyoz, qizil lavlagi, sabzi, qovoq kabi sabzavotlar hamda olma, qorag`at kabi mevalar bo`lishi shart.

Fitnes: tennis aynan siz uchun. Agar mazkur sport turiga qiziqishingiz bo`lmasa, ertalablari yugurish mashqlarini bajaring.

Qavs

Aksariyat qavslar tabiatan mehnatsevar va tirishqoq bo`lishadi. Siz uchun asosiy shart iste`mol qilayotgan mahsulotingiz kaloriyasini to`g`ri taqsimlashdir.

Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan, marinadlangan taomlar. Shuningdek, tuzlangan, dudlangan mahsulotlar miqdoriga ham diqqat qiling.

Sizga foydali: sut va qatiq mahsulotlari, qizil loviya, guruch va dukkakli donlardan tayyorlangan eguliklar. Bodring, karam, pomidor, ko`katlar, olma, nok, olxo`ri kabilar esa taomnomada bo`lishi shart.

Fitnes: barvaqt uyg`onib, qirq daqiqa yugurish mashqini bajarish ortiqcha kaloriyalarni parchalashga yordam beradi.



Jadiy

Sizda moddalar almashinuvi bilan bog`liq muammo tez-tez yuzaga keladi. Shu bois ham tanovul payti taomlarni bir–biri bilan aralashtirib yubormaslikka harakat qiling.

Tanovul qilmang: achchiq sous, konserva va dudlanlangan mahsulotlar tavsiya etilmaydi.

Sizga foydali: yogurt, tuxum, loviya, yasmiq doni (chechevisa) – bular tarkibida protein ko`p bo`lib, engil hazm bo`ladi. O`simlik yog`i, qatiq, tvorog, asal, bodom kabi mahsulotlar esa qomatingizga “hujum” qilmasligi bilan ahamiyatlidir. Asosiy tanovul vaqti bodring, lavlagi, karam va ko`katlardan tayyorlangan salatlardan iste`mol qiling. Olma, tarvuz, behi, qovun esa ovqatlanish rasioniga kiritiladigan mahsulotlardir.

Fitnes: sport zalida murabbiy bilan shug`ullanish tavsiya etilsa-da, sharoitingizga qarab, uyda ham 30 daqiqa jismoniy mashqlarga vaqt ajratishingiz mumkin.



Dalv

Garchi, ko`p eyish odatingiz bo`lmasa-da, shirinlik oldida taslim bo`lishingiz rost. “Ovqat o`rniga ham shirinlik” qoidasiga rioya qilib, o`zingiz sezmagan holda vazningizga bir-ikki kilogramm qo`shib olasiz.

Tanovul qilmang: dudlangan va konserva mahsulotlari, tort, konfet, pirojniylar – qomatingizga zarar.

Sizga foydali: grechixa yormasi, donli mahsulotlar, oq va qizil loviyadan tayyorlangan taomlar. Sut va qatiq mahsulotlari taomnomangizda muntazam bo`lishi lozim. Karam, baqlajon, sabzi, olma, anor kabi meva va sabzavotlar esa vazn ortishiga sabab bo`lmasligi bilan ham foydali.

Fitnes: har kuni 30 daqiqalik mustaqil jismoniy mashqlarni bajarishga erinmang.





Hut

Organizmingizda toksin moddalar yig`ilib borishi ehtimoli kuchli. Shu bois ham iste`mol qilayotgan mahsulotlaringizga diqqat qiling.

Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan, dudlangan va marinadlangan mahsulotlar taomnomangizda bo`lmagani ma`qul.

Sizga foydali: yog`siz go`sht, pishloq, yogurt, tuxum, qizil loviya, kuniga 50 gr. gacha eryong`oq kabi mahsulotlarni qo`rqmay tanovul qilish mumkin. Pomidor, bodring, kashnich, sholg`om, anor, tarvuz, olma va uzum tanga quvvat bo`lib, to`lishishning oldini oladi.

Fitnes: Bo`sh vaqtingizda arabcha raqs yoki shunchaki sho`xroq musiqaga hamohang raqs harakatlarini bajarib turing.
Просмотров (172)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar