Главная » Davlat mablag‘ini talon-taroj etishda gumon qilingan qozog‘istonlik taniqli aktyor barcha pullarni qaytarishga va’da berdi
(

Budjet mablag‘ini talon-taroj etishda gumon qilingan Qozog‘iston xalq artisti, prodyuser Tungishbay Jamankulov davlatga barcha o‘g‘irlangan pullarni qaytarishga va’da berdi. Bu haqda Qozog‘iston davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisi Qayrat Kojamjarov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Bugungi kungacha u 6 million tenge (17,4 ming dollar) atrofida qaytardi. ‘Qozoqfilm’ oldidagi barcha qarzini to‘lashga va’da bergan”, — deya ta’kidladi Kojamjarov.

Oldinroq agentlik vakillari “Feniks” filmi bosh prodyuseri bo‘lgan Jamankulov “Qozoqfilm” tomonidan kartinaning tayyorgarlikdan oldingi va tayyorgarlik bosqichlari uchun o‘tkazib berilgan 79 million tengedan 69 millionini talon-taroj qilganini ma’lum qilgandi. Mablag‘ Jamankulov ta’sischi bo‘lgan T.K.Turan Universal Business firmasi orqali o‘marilgan.

2-noyabrda aktyor hibsga olingan va keyinchalik garov puli evaziga qo‘yib yuborilgandi.
Просмотров (49)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar